MilliyTech — bu O'zbekistonlik dasturchilar uchun yaratilgan ochiq hamjamiyat bo‘lib, maqsadimiz texnologiyalar, bilim va tajriba almashish orqali mahalliy IT sohasini rivojlantirishdir.
- 🇺🇿 O'zbek dasturchilarini bir platformaga jamlash
 - 🤝 Real va foydali Open Source loyihalarni yaratish
 - 📚 Tajriba almashish va o‘zaro o‘rganishga imkon berish
 - 👥 Mentorlardan yangi boshlovchilarga yordam ko‘rsatish
 - 🌐 Mahalliy IT ekotizimini global darajaga olib chiqish
 
- Open Source loyihalar ustida jamoaviy ishlaymiz
 - Texnik meetuplar, vebinarlar va workshoplar o‘tkazamiz
 - Yangi g‘oyalarni birgalikda ishlab chiqamiz va sinovdan o‘tkazamiz
 - Har kimga o‘z hissasini qo‘shish imkonini beramiz — siz kod yozishingiz, test qilishingiz yoki hujjatlashtirish bilan shug‘ullanishingiz mumkin
 
git cloneorqali loyihalarni yuklab oling- Ishtirok etmoqchi bo‘lgan bo‘limni tanlang (backend, frontend, docs, test, devops va h.k.)
 CONTRIBUTING.mdfaylini o‘qing- Pull request yuboring
 - Yoki bizga yangi g‘oya taklif qiling!
 
- Telegram: @MilliyTech
 - GitHub Issues orqali savollar va takliflar bilan murojaat qiling
 
🚨 Har bir hissa — bu O‘zbek IT jamoasi uchun katta qadam. O‘zingizni sinab ko‘ring va o‘z hissangizni qo‘shing!